Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Espanyol» safarda «Vilyarreal»ni minimal hisobda mag‘lub etdi.
Bellashuvdagi yagona gol 60-daqiqada mehmonlar himoyachisi Leandro Kabrera hisobiga yozildi.
Kataloniya klubi ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 11 taga yetkazib, 14-o‘ringa ko‘tarildi. «Vilyarreal» 12 ochko bilan 10-pog‘onada.
La Liga. 11-tur
Vilyarreal — Espanyol 0:1
Gol: Kabrera 60
Vilyarreal – Gulachi, Mourinio, Navarro (Oluvaseyi, 80), Veyga, Kardona (Romero, 59), Komesanya, Moleyro (Ayose Peres, 59), Masia, Byukenen (Frimen, 80), Moreno (Pepe, 18), Mikautadze.
Espanyol – Fortuno, Drkushich, El Hilali, Kabrera, Inoxo (Losano, 61), Esposito, Bauza, Ernandes (Mos kardо, 88), Saragosa (Puado, 77), Roberto, Dmitrovich.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi