Bugun
98
O'zbek

«Espanyol» bosh murabbiyi Manolo Gonsales iste’foga chiqarildi

Futbol
28 oktabr, 03:00
Barselona klubi Ispaniya kubogida 4-liga vakiliga mag‘lub bo‘lganidan keyin murabbiy bilan xayrlashishga qaror qildi.
«Espanyol» bosh murabbiyi Manolo Gonsales iste’foga chiqarildi
Foto: Getty Images
27.10.2026 AET Ispaniya kubogi Sestao Sestao 4 : 3 Espanyol Espanyol

«Espanyol» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Manolo Gonsales bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. Klub rasmiy sayti mutaxassisning iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi.

Gonsales «Espanyol» Ispaniya kubogining birinchi bosqichida to‘rtinchi divizion vakili «Sestao»ga mag‘lub bo‘lganidan keyin lavozimini tark etdi. Qo‘shimcha bo‘limlarga cho‘zilgan bahsda kataloniyaliklar 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bundan tashqari, «Espanyol» Ispaniya chempionatida ham qiyin davrni boshdan kechirmoqda. La Liganing 10 turidan keyin jamoa sakkiz ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, «Espanyol» 29-oktyabr kuni safarda «Vilyarreal»ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sestao Sestao
  • Espanyol Espanyol
  • Ispaniya kubogi Ispaniya kubogi
Bugungi yangiliklar