Bugun
98
O'zbek

Karvaxal «Xetafe» nega Serxio Ramosni tarkibga qo‘shib olmasligini tushuntirdi

Futbol
28 oktabr, 04:00
«Xetafe» himoyachisi jamoada markaziy himoyachilar yetarli ekanini aytdi.
Karvaxal «Xetafe» nega Serxio Ramosni tarkibga qo‘shib olmasligini tushuntirdi
Foto: Getty Images

«Xetafe» himoyachisi Daniel Karvaxal jamoaga «Real»ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos kelishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoada markaziy himoyachilar soni ko‘pligi sababli Ramosning transferi hozircha amalga oshishi qiyin.

«Qachon futbol o‘ynashni to‘xtatish kerakligini har kim o‘zi hal qilishi lozim, deb hisoblayman. Bu qaror tanang boshqa imkon bermayotganida yoki har kuni ertalab mashg‘ulotlarga borish istagi yo‘qolganida qabul qilinishi mumkin. Deyarli bir yil oldin olgan jarohatim va undan keyingi beqarorlik avval his qilgan o‘yin zavqimni qaytarishga undadi. Faoliyatimni davom ettirish istagimda aynan shu jihat muhim bo‘ldi», — deya Karvaxalning so‘zlarini keltiradi AS.

Shuningdek, himoyachi Serxio Ramos bilan bu mavzuda suhbatlashganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Ramos «Xetafe» tarkibidagi vaziyatni tushunadi va hozircha o‘ziga mos variantni kutmoqda.

«Men Serxio Ramos bilan gaplashdim. U jamoamizdagi vaziyat murakkabligini aytdi, chunki bizda besh-oltita markaziy himoyachi bor. U o‘ziga mos taklif paydo bo‘lishi ehtimoliga tayyorlanishda davom etadi. Agar uni qiziqtiradigan variant chiqsa, transfer bozoriga ochiq. Ramos mashg‘ulotlar va tayyorgarlik borasida haqiqiy yirtqich», — dedi Karvaxal.

Ma’lumot uchun, Serxio Ramosning so‘nggi klubi Meksikaning «Monterrey» jamoasi bo‘lgan. U ushbu klub safida 2026-yil yanvarigacha to‘p tepgan. Ramos faoliyati davomida «Real», «Sevilya» va «PSJ» klublarida ham o‘ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
Bugungi yangiliklar