Live
1
O'zbek

A Seriya. «Roma» Rimda «Kalyari»dan ustun keldi

Futbol
27 oktabr, 17:47
Italiya chempionatida 9-tur o‘yinlari davom etmoqda.
A Seriya. «Roma» Rimda «Kalyari»dan ustun keldi
Фото: Getty Images
27.10.2026 FT Italiya A seriyasi Roma Roma 4 : 2 Calyari Calyari

Italiya chempionatida 9-tur uchrashuvlari davom etmoqda. «Roma» Rimda «Kalyari»ni qabul qildi. Gollar shousiga aylangan bahsda «bo‘rilar» 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Nzola mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Keyinchalik mezbonlar safida Lulli, Pizilli, Mora va Malen gollarga mualliflik qildi.

Bu natijadan so‘ng «Roma» ochkolari sonini 21 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Kalyari» esa 13 ochko bilan 9-pog‘onada.

«Komo» (17, 5-o‘rin) Turinda «Torino»dan (16, 6-o‘rin) ustun keldi. Fabregas jamoasi so‘nggi daqiqalarda raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.

Seriya. 9-tur
Roma — Kalyari 4:2
Gollar:
Lulli 15, Pizilli 21, Mora 85, Malen 87 – Nzola 10 penalti, Maldini 81
Roma
– Gollini, N’Dika, Kulerakis, Mancini (Gilardi, 82), Emmanuel Lulli (Rensh, 76), De Ron (Mora, 56), Cristante, Pizilli, Molina (Fransa, 46), Kastro (Malen, 56), Soule.
Kalyari – Kaprile, Ze Pedru, Mina, Rodriges, Romano, Adolo, Obert, Sugawara, Deiola (Leteta, 76), Fadera (Maldini, 76), Nzola (Mendi, 63).

Torino — Komo 1:3
Gollar
: Adams 24 – Ramon 81, Paz 87, Baturina 90
Komo – Sanches, Valle, Kouto, Ramon, Kempf, Perrone (Adday, 58), Kakere (Baturina, 58), Milya (Smolchich, 78), Da Kunya, Paz, Duvikas.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Calyari Calyari
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar