Slovakiyaning «Slovan» klubi bosh murabbiyi Yaya Ture Chempionlar ligasi 3-turida «Roma»ga qarshi uchrashuvda qayd etilgan yirik mag‘lubiyat (0:4) haqida fikr bildirdi.
Mazkur bahsda rimliklar safida Mario Ermoso, Nauel Molina, Nikolo Pizilli hamda penaltidan Doniell Malen gol urdi.
«Roma» juda tartibli himoyalanadi va xatolarni minimal darajada sodir etadi. Futbolchilarim o‘yindan zavq olishlari kerak. Futbol — bu o‘yindan huzurlanish va jamoaviy birlik demakdir.
Albatta, ijobiy jihatlar ham bor. Biroq 90 daqiqa davomida diqqatni birdek saqlab qola olmayapmiz va bu meni xafa qiladi. Bu borada ishladik, ammo oldimizda hali bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p.
Biz bir-birimiz uchun kurashishimiz va o‘zaro yordam berishimiz shart», — deya Turening so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.