«Real» rahbariyati ingliz qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning jamoadan ketishini talab qilmayapti. Biroq insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi futbolchi uchun manfaatli taklif tushsa, transfer variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Qayd etilishicha, Aleksander-Arnoldning yuqori maoshi uning boshqa jamoaga o‘tishiga asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin. «Liverpul»dan kelganidan keyin ingliz futbolchisi «Real»ning asosiy tarkibidan muntazam o‘rin egallay olmadi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Aleksander-Arnoldning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda. Uning «Real» bilan shartnomasi 2031-yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.