Bugun
38
O'zbek

«Barselona» va «Atletiko» «MYU» himoyachisini tekinga qo‘lga kiritishi mumkin

Futbol
21 oktabr, 03:40
Lisandro Martines mavsum yakunida «Manchester Yunayted»ni erkin agent sifatida tark etishi ehtimoli bor.
«Barselona» va «Atletiko» «MYU» himoyachisini tekinga qo‘lga kiritishi mumkin
Foto: Getty Images

Argentinalik himoyachi Lisandro Martines ushbu mavsum yakunida «Manchester Yunayted»dan ketishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, futbolchiga Ispaniyaning ikki top-klubi — «Barselona» va Madridning «Atletiko» jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» himoyachining shartnomasini uzaytirish imkoniyatidan foydalanmasligi mumkin. Bu esa Martinesga mavsum yakunida erkin agent sifatida boshqa klubga o‘tish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli himoyachi 2022-yil yozidan buyon «Manchester Yunayted» safida to‘p surmoqda. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar