Chempionlar ligasi doirasidagi «Komo» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs bekor qilinishi mumkin. The Touchline xabariga ko‘ra, Italiyaning Komo shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ayotgani sababli o‘yinning o‘tkazilishi xavf ostida qolgan.
Bahs 21-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanishi kerak. Kechga borib ob-havo yaxshilanishi kutilmayapti. Shu sababli UEFA delegatlari o‘yinni noma’lum muddatga ko‘chirishga qaror qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki ikki turidan so‘ng «Komo» va «Manchester Yunayted» hisobida uch ochkodan bor. Italiya klubi tarixida ilk bor musobaqada ishtirok etmoqda, «qizil iblislar» esa 2023/24-yilgi mavsumdan buyon turnirda o‘ynamagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi