«Como» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
«Hayajonga berilmasligimiz kerak, oldimizda hali ko‘p ish va o‘rganishimiz lozim bo‘lgan jihatlar bor. Ertaga maydonga ikki jamoa tushadi va har ikkisi g‘alaba uchun kurashadi.
Raqibni hurmat qilamiz: ularning ajoyib futbolchilari, kuchli murabbiylar shtabi va jamoani Chempionlar Ligasiga qaytargan yuqori saviyali murabbiyi bor. Raqibni bu yerda qabul qilish men uchun katta sharaf», — dedi Fabregas UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
«Manchester Yunayted» — buyuk tarixga ega klub. Maykl Kerrikni taniyman. U jamoani munosib darajaga qaytarishda ajoyib ish olib bordi», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, ikki turdan keyin «Como» va «Manchester Yunayted» hisobida bir xil 3 ochko mavjud. Jamoalar umumiy bosqich jadvalida 14 va 15-o‘rinlarda bormoqda.