Milanning «Inter» klubi himoyachisi Alessandro Bastoni UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqich 3-turi doirasida «Shaxtyor»ga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bellashuv ertaga, 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
«Biz har doim aniq bir yondashuvga amal qilamiz va o‘yin uslubimiz o‘zgarmaydi. Ayniqsa, raqiblar darajasi yuqori bo‘lgan Chempionlar ligasida kamroq xatoga yo‘l qo‘ysak, kerakli natijaga erisha olamiz. Biz qanday jamoaga qarshi maydonga tushishimiz kerakligini bilamiz: ularning tarkibida braziliyaliklar ko‘p. Ammo «Inter» har doim o‘ziga sodiq qoladi», - dedi Alessandro Bastoni.
«Inter» Chempionlar Ligasi yangi mavsumini dastlab Madridning «Real» jamoasiga qarshi 1:2 hisobida, keyin esa «Bryugge»ga 3:4 hisobida mag‘lubiyat bilan boshladi.