O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan OKMK — «Guliston» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.
Unda Mirjalol Qosimov shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchdi. Olmaliqliklar safida gollarga Ivan Peshich va Nodir Abdurazzoqov mualliflik qildi.
Shu tariqa, OKMK birinchi bo‘lib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Sensatsiyalar qayd etib kelayotgan «Guliston esa o‘z yurishini chorak final bosqichida yakunladi.
O‘zbekiston kubogi. 1/4 final
OKMK — Guliston 2:0
Gollar: Peshich 53, Abdurazzoqov 77.
OKMK — 23. Hamidullo Abdunabiyev. 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 19. Ahmadullo Muqumjonov, 44. Abror Karimov, 8. Abubakr Rizo Turdialiyev, 9. Aziz Holmurodov (21. Hazratjon Tursunqulov, 82), 17. Nodirbek Abdurazzoqov (26. Faridjon Abdullayev, 82), 4. Mirjamol Qosimov (28. Arihiro Sentoku, 62), 5. Giorgi Papava (30. Abror Sarimsoqov, 87), 88. Siavash Haqnazariy. 77. Ivan Peshich (27. Urosh Koyich, 62).
Guliston — 12. Sarvar Husanov. 5. Ozod Rajabov, 17. Ixtiyor Toshpo‘latov. 11. Azamat Abduhalilov, 19. Shahzodbek G‘ofurbekov, 23. Turdibek Omonov, 8. Bunyod Shodiyev, 9. Alisher Sobirjonov (30. Jasurbek Saydazimov, 87), 26. Javohir Ne’matullayev. 20. Abdulaziz Ne’matov (22. Azimjon Mamatqulov, 56), 10. Shohnazar Norbekov (15. Behruz Abdullayev, 36).
Ogohlantirishlar: Abror Karimov (49), Urosh Koyich (89).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi