«Al-Ittihod» «Real»ga marokashlik vinger Brahim Dias transferi bo‘yicha rasmiy taklif yubordi. Saudiya Arabistoni klubi futbolchi uchun 25 million yevro taklif qilgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, saudiyaliklar Diasning Madridda yetarlicha o‘yin vaqtiga ega bo‘lmayotgani tufayli bu bitimni haqiqatga yaqin, deb hisoblashmoqda.
Ma’lum qilinishicha, futbolchining o‘zi hozircha «Real»da qolishni va tarkibdagi o‘rni uchun kurashishni afzal ko‘rmoqda. Endi madridliklar bu taklifni ko‘rib chiqishlari zarur.
Eslatib o‘tamiz, Diasning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Dias barcha musobaqalarni inobatga olganda «Real» safida maydonda bor-yo‘g‘i 198 daqiqa o‘tkazdi. Uning hisobida beshta uchrashuvda bitta golli uzatma bor.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi