«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Real»ni La Ligadagi hakamlik bilan bog‘liq bahslar orqali o‘z muammolaridan e’tiborni chalg‘itishga urinayotganlikda aybladi.
— Madridning «Real» klubi bilan munosabatlaringiz juda murakkab…
— Endi bunday munosabatlar yo‘q. Hatto hozir qarama-qarshilik holatidamiz desam ham bo‘ladi. Ular e’tiborni boshqa tomonga burishga harakat qilmoqda.
— Negreyra ishi haqida gapiryapsizmi?
— Ular e’tiborni chalg‘itmoqchi, ammo buning uddasidan chiqa olmayapti. «Real» institutsional darajada ham, maydonda ham ishonchni yo‘qotdi.
Ular endi rahbarlik tuzilmalarida vakillikka ega emas. Menimcha, ular noto‘g‘ri yo‘lni tanlashdi va buning oqibatlarini boshdan kechirishmoqda.
Klub ko‘plab qimmat futbolchilarni sotib olish uchun katta mablag‘ sarfladi, ammo bu futbolchilar kutilgan natijalarni ko‘rsata olmayapti», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi L’Équipe nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Real» 25-oktabr kuni La Liganing 10-turida o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 26-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi