«Real» hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini hozircha eng yuqori bahoga loyiq deb hisoblashini aytdi.
«Faoliyatimni qanday baholayman? 10 balldan 10! Bu muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlarga boy yo‘l. Qo‘lga kiritilgan sovrinlar ham, boy berilgan sovrinlar ham bor. Odamlar buni muhim deb bilishadi, ammo gollar va kuboklar men uchun eng asosiysi emas.
Futboldagi 10–11 yillik faoliyatimda zerikarli mavsum bo‘lmadi. Hech narsani oddiy hol deb qabul qilmadim. Faoliyatimda katta ko‘tarilishlar va og‘riqli pasayishlar bo‘ldi, ammo har bir tajribani to‘liq his qilib, bor kuchimni berdim», — dedi Mbappe Onze Mondial’ga bergan intervyusida.
Ushbu mavsumda Kilian «Real» safida 11 o‘yinda 11 gol va 2 ta assist qayd etdi. Qayd etish lozim, 27 yoshli fransiyalik forvard 26-oktabrda topshiriladigan «Oltin to‘p» sovriniga asosiy da’vogarlardan biri sanaladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi