Eberechi Eze «Arsenal»dagi hozirgi holatidan norozi. Teamtalk xabariga ko‘ra, londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchini «o‘ninchi raqam» pozitsiyasida o‘ynatishga ishonch bildirmayapti. Shuningdek, mutaxassis uning hujumning chap qanotidagi o‘yiniga ham to‘liq amin emas.
28 yoshli ingliz yarimhimoyachisi zaxira futbolchisi maqomida qolayotganidan ranjigan. U o‘tgan yilning yozida «Arsenal» safiga qo‘shilgan.
Ma’lumot uchun, Ezening klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eze ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida beshta bahsda maydonga tushgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi