«Manchester Siti» va «Arsenal»ning sobiq himoyachisi Aleksandr Zinchenko Amsterdamning «Ayaks» klubidan taklif oldi. Telegraaf.nl xabariga ko‘ra, Niderlandiya grandi 29 yoshli futbolchiga jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatini taqdim etishga tayyor.
Hozirda tizzasidan olgan jarohatidan tiklanayotgan Zinchenko erkin agent hisoblanadi. U avvalroq «Ayaks» bilan hamkorlikni yakunlagan. Taklif futbolchiga jismoniy holatini tiklash jarayonida jamoa bilan birga shug‘ullanish imkonini berishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali ukrainalik futbolchining bozor qiymatini 6 million yevroga baholamoqda.