Live
1
O'zbek

Konate: «Ertaga g‘alaba qozonmasak, «El Klasiko» oldidan ahvolimiz yaxshi bo‘lmaydi»

Futbol
20 oktabr, 08:00
«Real» himoyachisi La Liga doirasidagi «Barselona»ga qarshi bahsdan avval YCHLdagi o‘yinning ahamiyatini ta’kidladi.
Konate: «Ertaga g‘alaba qozonmasak, «El Klasiko» oldidan ahvolimiz yaxshi bo‘lmaydi»
Foto: Getty Images
21.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Leypsig Leypsig

«Real» himoyachisi Ibraima Konate dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan «El Klasiko» haqida fikr bildirdi.

«El Klasiko» haqida o‘ylayapsizmi?» degan savolga futbolchi quyidagicha javob berdi:

«Eng muhimi, navbatdagi bahsga e’tibor qaratish. Agar ertaga g‘alaba qozonsak, «El Klasiko»ga yaxshiroq holatda yetib boramiz. Agar ertaga g‘alaba qozona olmasak, bu bahs oldidan ahvolimiz unchalik yaxshi bo‘lmaydi. Avvalo ertangi o‘yinni o‘ylashimiz kerak. Shundan keyingina «El Klasiko» haqida fikr yuritish mumkin», — dedi Konate matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, 21-oktyabr kuni «Real» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida «Leypsig»ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinio boshqaruvidagi «Real» 25-oktyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida «Barselona»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Leypsig Leypsig
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar