Live
1
O'zbek

Ten Hag: «MYU» rahbariyati bergan va’dalarini bajarmadi»

Futbol
20 oktabr, 07:20
«Qizil iblislar»ning sobiq bosh murabbiyi klubdan ketishi va rahbariyat bilan bo‘lgan suhbatlari haqida gapirdi.
Ten Hag: «MYU» rahbariyati bergan va’dalarini bajarmadi»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hag ingliz klubidagi faoliyati yakunlangani haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Hozirda «Tvente» klubida texnik direktor sifatida ishlayotgan mutaxassis bu haqda The Athletic nashriga bergan intervyusida so‘z yuritdi.

«Agar shartnomam tugashiga bir yil qolganida, men ishni davom ettirishga rozi bo‘lmasdim. Shu sababli rahbariyatga: «Menga yana bir yil kerak, bu masalani muhokama qilishimiz lozim», dedim. Rahbariyat menga sodiqlik va qo‘llab-quvvatlashni, shuningdek, ochiq muloqot va birgalikda harakat qilishni va’da qildi. Biz barcha masalalarni muhokama qildik. Ammo bu va’dalar bajarilmadi», — dedi ten Hag.

Ma’lumot uchun, niderlandiyalik mutaxassis «Manchester Yunayted»ni 2022-yil aprelida boshqara boshlagan. Uning dastlabki shartnomasi 2025-yil yozigacha mo‘ljallangan edi. 2024-yil bahorida Angliya kubogini qo‘lga kiritganidan keyin klub shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish bandini faollashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, ten Hag 2024-yil oktabrida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar