TNT Sports jurnalistlari 2026-yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy favoritlar ro‘yxatini taqdim etdi. Reytingning birinchi pog‘onasidan Angliya milliy jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn joy oldi.

Foto: Getty Images
Ikkinchi o‘ringa «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasining 19 yoshli yulduzi Lamin Yamal qo‘yildi. Kuchli uchlikni esa 39 yoshli Lionel Messi yakunladi. Argentinalik hujumchi «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda.
Reytingning kuchli o‘ntaligidan Xvicha Kvaratsxeliya («PSJ»), Kilian Mbappe («Real»), Usmon Dembele («PSJ»), Rodrigo («Barselona»), Fabian Ruis («PSJ»), Maykl Olise («Bavariya») va Deklan Rays («Arsenal») ham joy oldi.
Ma’lumot uchun, «Oltin to‘p» dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan nufuzli individual mukofot hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26-oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.