Bugun
47
O'zbek

Para Osiyo o‘yinlari. Boymurod Yavkochevda oltin, Azimbek Abdullayevda kumush medal

Boshqalar
20 oktabr, 01:55
    5
O‘zbekiston vakillari shohsupaning dastlabki ikki pog‘onasini egalladi.
Para Osiyo o‘yinlari. Boymurod Yavkochevda oltin, Azimbek Abdullayevda kumush medal
Foto: ParalympicUz

Aichi-Nagoya–2026 yozgi Para Osiyo o‘yinlarining para velotrek bahslarida O‘zbekiston vakillari shohsupaning dastlabki ikki pog‘onasini egalladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Erkaklar o‘rtasida C5 sinfida 4000 metrga yakka ta’qib poygasi finalida Boymurod Yavkochev g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz Azimbek Abdullayev esa finishga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish lozim, bronza medal Birlashgan Arab Amirliklari vakiliga nasib etdi. Avvalroq Lolaxon Qodirova va Yegor Bolotov Para Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar