Ispaniyaning «Betis» klubi markaziy himoyachisi Natan 2027-yilda faoliyatini kuchliroq jamoada davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga Angliyaning ikki grandi — «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. «Barselona» ham himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Natan ushbu mavsum barcha musobaqalarda to‘qqizta bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali braziliyalik himoyachining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.