Live
1
O'zbek

«Liverpul» «Bornmut» va «Monako» yarimhimoyachilariga qiziqish bildirmoqda

Futbol
20 oktabr, 03:35
Avvalroq Nmecha mersisaydliklar safiga o‘tishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
«Liverpul» «Bornmut» va «Monako» yarimhimoyachilariga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Liverpul» «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott va «Monako» futbolchisi Lamin Kamarani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andoni Iraola tayinlanganidan keyin Skott mersisaydliklarning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan. Angliyalik futbolchi ispaniyalik mutaxassis bilan «Bornmut»da birga ishlagan.

23 yoshli yarimhimoyachining transferi «Liverpul»ga taxminan 100 million funtga tushishi mumkin. Shuningdek, futbolchiga «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.

Markaziy yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish uchun nisbatan arzonroq variant Kamara bo‘lishi mumkin. O‘tgan yozda senegallik futbolchi «Chelsi»ga o‘tishga yaqin turgan, ammo «Monako» muzokaralarning so‘nggi bosqichida bitimni amalga oshirishdan bosh tortgan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Skottning transfer narxi 70 million yevro, Kamarani esa 55 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, APLning 7-turidan keyin «Liverpul» turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda va peshqadam «Manchester Siti»dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.

Avvalroq Feliks Nmecha mersisaydliklar safiga o‘tishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar