Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari para yengil atletika bahslarida uchta kumush va uchta bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasida T11 sinfida 200 metrga yugurishda gid-yuguruvchi Sardor Baxtiyorov bilan qatnashgan Asila Mirzayorova 25,86 soniya natija bilan kumush medal oldi. F12 sinfida nayza uloqtirgan Yoqutxon Holbekova 32,43 metr natija bilan ikkinchi bo‘ldi. F57 sinfida disk uloqtirishda Yorqinbek Odilov 45,10 metr natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bronza medallar esa ayollar o‘rtasida F44/F64 sinflarida disk uloqtirgan Angelina Kolesnikovaga (30,10 metr), erkaklar o‘rtasida F12 sinfida yadro uloqtirgan Diyorbek Umarovga (12,54 metr) va T37 sinfida uzunlikka sakragan Sodiqjon Mamadievga (5,69 metr) nasib etdi.
Avvalroq Boymurod Yavkochev oltin, Azimbek Abdullayev esa kumush medalga ega chiqqani ma’lum qilingandi.