«Aston Villa» rahbariyati jamoa yarimhimoyachisi Emiliano Buendiya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Daily Mail Sport xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda va yangi kelishuv tuzilishi kutilmoqda.
29 yoshli argentinalik futbolchi 2021-yilda «Norvich»dan «Aston Villa»ga o‘tgan. Birmingem klubi uning transferi uchun 38,4 million yevro to‘lagan.
Buendiya ushbu mavsum barcha musobaqalarda 10 ta bahsda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Buendiya hujumkor yarimhimoyachi sifatida o‘ynaydi va «Aston Villa» safida 2021-yildan buyon to‘p surmoqda.