Live
9
O'zbek

«Liverpul» «Aston Villa» yarimhimoyachisini Makallisterga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda — The Sun

Futbol
17 oktabr, 13:46
«Qizillar» 20 yoshli Yohan Manzambini kuzatishmoqda.
«Liverpul» «Aston Villa» yarimhimoyachisini Makallisterga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda — The Sun
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Liverpul» klubi o‘z oldiga ushbu mavsum davomida «Aston Villa» yarimhimoyachisi Yohan Manzambini kuzatib borishni maqsad qilib olgan. Keyinchalik klub 2027-yil yozida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini liverpulliklar Aleksis Makallisterga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Avvalroq argentinalik yarimhimoyachiga Madridning «Real» klubi qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Manzambi «Aston Villa» safiga o‘tgan yozda borib qo‘shilgan edi. Ushbu mavsumda shveysariyalik barcha musobaqalarni inobatga olganda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi-2031-yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 65 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar