Live
9
O'zbek

Mourinio: «Guler hali o‘zining maksimumiga yetmagan»

Futbol
17 oktabr, 13:57
Madrid klubi ustozi jamoaning turkiyalik yarimhimoyachisi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mourinio: «Guler hali o‘zining maksimumiga yetmagan»
Foto: Gettyimages

«Real Madrid» bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoaning turkiyalik yarimhimoyachisi Arde Guler haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Guler ko‘p mehnat qiladi. Menimcha, mashaqqatli mehnatni munosib baholash sizlarning barchangizga juda qiyin. Arda juda iqtidorli o‘yinchi va xayriyatki, u hali o‘zining eng yuqori darajasiga yetmagan. Unda turli pozitsiyalarda o‘ynashga imkon beradigan fazilatlar bor. Men undan juda mamnunman», - deya Mourinioning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Xtra keltiradi.

Yangi mavsumda 21 yoshli Guler barcha musobaqalarni inobatga olganda to‘qqizta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Arda Gulerning aktual qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» La Liga navbatdagi turi doirasida ertaga, 18 oktbyar kuni Madridda «Sevilya»ni mehmon qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar