Live
2
O'zbek

Mbappe klublar miqyosidagi faoliyatida 500 ta gol+pas amalga oshirdi

Futbol
17 oktabr, 04:10
Fransiyalik hujumchi yubiley natijaga «Roma»ga qarshi uchrashuvda gol urish orqali erishdi.
Mbappe klublar miqyosidagi faoliyatida 500 ta gol+pas amalga oshirdi
Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe klublar safida barcha musobaqalarda 500 ta gol+pas qayd etdi.

Ushbu natija Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida «Roma»ga qarshi kechgan (4:3) uchrashuvda qayd etildi. Ushbu bahsda fransiyalik futbolchi gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli hujumchi «Monako», «PSJ» va «Real» safida 378 ta gol urgan va 122 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shu tariqa, uning gollari va assistlari soni 500 taga yetdi. Qayd etish lozim, ushbu mavsumda Mbappe 11 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta assist muallifi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar keyingi uchrashuvni 18 oktabr kuni Ispaniya chempionati doirasida «Sevilya»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19 oktabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar