«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Endrikni jamoaning o‘ng qanot hujum chizig‘ida o‘ynatmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Bunday yondashuv madridliklarning yozgi transfer rejalariga ham ta’sir ko‘rsatgan. Mourinyo rahbariyatdan o‘yin uslubi boshqacha bo‘lgan hujumchini jamoaga jalb etishni so‘ragan. Natijada «Levante»dan Karlos Espi transfer qilingan.
Murabbiy uni Endrik bilan birga o‘ynay oladigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda, ya’ni ular tarkibdagi bir o‘rin uchun raqobatlashishi shart emas.
Ikki futbolchini bir vaqtning o‘zida maydonga tushirish imkoniyati Chempionlar Ligasida «Roma»ga qarshi kechgan uchrashuvda ham namoyon bo‘ldi. «Real» 4:3 hisobida g‘alaba qozongan bahsda ikkala futbolchi ham tanaffusdan keyin maydonga tushdi va bittadan gol urdi. Endrik Espiga assistentlik ham qildi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu uchrashuvga qadar braziliyalik futbolchi ushbu mavsumda deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagandi. Uning yagona maydonga tushishi 15 sentyabr kuni «Elche»ga qarshi bahsdagi to‘rt daqiqa bilan cheklangan edi.