«Aston Villa» sobiq bosh murabbiyi Stiven Jerrard yana murabbiylikka qaytishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda talkSPORT nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u «Rexhem» rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Fil Parkinson bilan xayrlashishga qaror qilsa, jamoani boshqarishga tayyor.
Uels klubi rahbariyati hozircha murabbiyning kelajagi borasida bir to‘xtamga kelmagan. Natijalar tufayli Parkinsonга bosim kuchaygan bo‘lsa-da, uning klub egalari bilan yaxshi munosabatlari saqlanib qolmoqda.
Rahbariyatning ayrim vakillari mutaxassisni vazifasidan ozod qilishga qarshi. Vaziyatni yangi sport direktori Stiv Nikson ham o‘ta salbiy baholamayapti.
Qayd etish lozim, Chempionshipning 10-turidan keyin «Rexhem» 17-o‘rinda bormoqda. Jamoa 2 marta g‘alaba qozongan, 5 bor durang o‘ynagan va 3 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan. Parkinsonning ehtimoliy o‘rinbosarlari qatorida Skott Parker nomi ham tilga olinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Jerrard 2025 yil yanvar oyida Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» klubidagi faoliyatini yakunlaganidan buyon ishsiz qolmoqda. Hozirda u TNT Sports telekanalida futbol eksperti sifatida faoliyat yuritmoqda.