Live
2
O'zbek

Neymar Yamalni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi

Futbol
16 oktabr, 23:00
«Santos» futbolchisi «Barsa» vingerini e’tirof etdi.
Neymar Yamalni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi
Foto: Fabrizio Romano (X)

«Santos» futbolchisi Neymar Junior «Barselona» vingeri Lamin Yamalni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini bildirdi.

Braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘zining 2017/2018-yilgi mavsumdagi statistikasi Yamalning ushbu mavsumdagi natijalari bilan taqqoslangan postni bo‘lishdi.

Neymar o‘sha mavsumda «PSJ» safida 27 ta uchrashuvda 25 ta gol urgan va 16 ta assist amalga oshirgan. Sofascore portali unga o‘rtacha 8,81 ball qo‘ygan.

19 yoshli Yamal esa ushbu mavsumda 10 ta o‘yinda 8 ta gol va 9 ta assistni o‘z hisobiga yozdirgan. Ispaniyalik vingerning ushbu portaldagi o‘rtacha bahosi 8,61 ballni tashkil etmoqda.

«Dunyoning eng yaxshi futbolchisi», — deb yozdi 34 yoshli Neymar. U postda Yamalni belgilab, kuchli hayratni ifodalovchi emoji ham qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik futbolchi 2013–2017-yillarda «Barselona» sharafini himoya qilgan. Avvalroq Neymarning «Flamengo»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Santos FC Santos FC
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar