Live
1
O'zbek

Kerrik: «Martines xatosini tan oldi»

Futbol
16 oktabr, 17:25
«MYU» bosh murabbiyi argentinalik himoyachining navbatdagi o‘yindan chetlatilmasligini aytdi.
Kerrik: «Martines xatosini tan oldi»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik himoyachi Lisandro Martines «Lids»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi o‘yin uchun jamoa qaydnomasiga kiritilganini ma’lum qildi.

«Tashqaridan qaraganda, go‘yoki o‘rtada jiddiy kelishmovchiliklar bo‘lib o‘tgandek tuyulishi mumkin. Ammo aslida hammasi ancha oddiy kechdi. Biz vaziyatni va uning darajasini yaxshi tushunardik. U bayonot berdi va xato qilganini tan oldi. Shu bilan masala yopildi.

Biz haqiqatan ham bu voqeani ortda qoldirdik. Bugun jamoada yangicha ruh va tetiklik sezildi, bu menga juda yoqdi»
, — deya Kerrikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC.

13 oktabr kuni «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi doirasida «Atletiko»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bellashuvdan so‘ng argentinalik futbolchi mankunianliklar rahbariyatini jamoa tarkibini yetarlicha kuchaytirmagani uchun tanqid qildi. Keyinchalik esa himoyachi o‘z so‘zlari uchun uzr so‘radi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar