«Manchester Yunayted» yaqin kelajakda bosh murabbiyni almashtirishi mumkin. 2026/27-yilgi mavsumning dastlabki ikki oyida jamoaning muvaffaqiyatsiz ishtiroki Maykl Kerrikning lavozimidan ketishi ehtimolini oshirgan.
So‘nggi kunlarda «Manchester Yunayted» Antonio Konte bilan bog‘lanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. talkSPORT ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik murabbiyning vakillari klubga uning pozitsiyasini yetkazgan: agar Kerrik iste’foga chiqarilsa, Konte jamoani boshqarishga qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Konte avval Angliyada «Chelsi» va «Tottenhem» klublarini boshqargan. U 2016–2018-yillarda «Chelsi»da ishlagan va 2017-yilda Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2021–2023-yillarda «Tottenhem» bosh murabbiyi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Konte «Napoli»dan ketganidan keyin hozircha klub boshqaruvida ishlamayapti. «Manchester Yunayted» esa bosh murabbiy masalasida yakuniy qaror qabul qilgani haqida rasmiy ma’lumot bermagan.