Live
4
O'zbek

«Liverpul» qishda meksikalik yarimhimoyachini sotib olishi mumkin

Futbol
15 oktabr, 07:15
Teamtalk xabariga ko‘ra, mersisaydliklar 18 yoshli Xilberto Mora uchun «Arsenal» bilan raqobatlashmoqda.
«Liverpul» qishda meksikalik yarimhimoyachini sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Liverpul» qishki transfer oynasida Meksikaning «Tixuana» klubi yarimhimoyachisi Xilberto Morani o‘z safiga qo‘shishga urinishi mumkin. Teamtalk ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati yanvar oyidagi transfer oynasi oldidan 18 yoshli futbolchini sotib olish harakatlarini faollashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul»ning ushbu transferdagi asosiy raqibi Angliyaning amaldagi chempioni Londonning «Arsenal» klubi hisoblanadi.

Meksikaning «Tixuana» klubi esa yosh futbolchisini sotishdan taxminan 35 million yevro ishlab olishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Xilberto Mora Meksika chempionatining ushbu mavsumida yettita bahsda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar