“Liverpul” bosh murabbiyi Andoni Iraola UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichining 2-turida LASK ustidan qozonilgan 6:3 hisobidagi gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Oʻyinimizdan juda mamnunman. Toʻp bilan agressiv harakat qildik, uni maydon boʻylab yaxshi uzatdik va boʻsh hududlarga samarali hujum uyushtirdik. Ha, darvozamizdan gollar oʻtkazib yubordik, ammo umuman olganda, himoyadagi oʻyinimiz juda yaxshi boʻldi, deb hisoblayman.
Barkolya bugun juda yaxshi oʻynadi. Bu nafaqat u gol urgan vaziyatlarda, balki birga-bir vaziyatlarda va boʻsh hududlarga yorib kirganimizda ham yaqqol koʻrindi. Buni kechagi mashgʻulotdayoq his qilgandim. Baʼzan futbolchining oʻyini yurishib, oʻziga ishonchi ortib borayotganini sezasan. Baxtimizga, u bugun oʻz saviyasini namoyish etdi», — deya Iraolaning soʻzlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Iraola: «Barkolya oʻz darajasini namoyish etdi»
Futbol
14 oktabr, 17:55
«Liverpul» bosh murabbiyi LASK ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Foto: Getty Images
14.10.2026
FT
Chempionlar ligasi
LASK
3
:
6
Liverpul