Live
11
O'zbek

Arina Sobolenko kutilmaganda Uhandagi WTA-1000 musobaqasining ilk bosqichidayoq mag‘lub bo‘ldi

Tennis
14 oktabr, 15:33
«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning to‘rt karra chempioni Xitoyda omadsizlikka uchradi.
Arina Sobolenko kutilmaganda Uhandagi WTA-1000 musobaqasining ilk bosqichidayoq mag‘lub bo‘ldi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning to‘rt karra chempioni, dunyoning ikkinchi raketkasi, beloruslik tennischi Arina Sobolenko Xitoyning Uhan shahrida o‘tkazilayotgan WTA-1000 musobaqasida omadsizlikka duch keldi.

Ikkinchi davra bahsida Sobolenko (1) reytingning 31-raketkasi AQSH vakilasi Enn Liga 6:3, 4:6, 6:7 (5:7) hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. E’tiborli jihati, Sobolenko bahs davomida 9 marta raqibasi matchbolga ega bo‘lgan vaziyatlarda vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘ldi, lekin yakunda baribir yutqazdi.

2 soat 28 daqiqa etgan bellashuv davomida Arina 2 marta eys, 6 marta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va 8 tadan 4 ta breyk-poyntdan unumli foydalandi. Enn hisobida esa 8 ta eys, 4 ta qo‘sh xato va 17 tadan 4 ta unumli foydalanilgan breyk-poynt.

Ma’lumot uchun, Lining Uhandagi navbatdagi raqibi dunyoning 47-raketkasi, indoneziyalik Janiche Chen bo‘ladi.

Bugungi yangiliklar