Bugun
61
O'zbek

Konte «MYU»ni boshqarishga tayyor

Futbol
14 oktabr, 16:39
Italiyalik mutaxassis yana APLda ishlashni istamoqda.
Konte «MYU»ni boshqarishga tayyor
Фото: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Antonio Konte Maykl Karrik o‘rniga «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Daniele Longo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar «qizil iblislar»ning amaldagi ustozi yaqin vaqt ichida jamoa natijalarini yaxshilay olmasa, u iste’foga chiqarilishi ehtimoli bor. Konte mankunianliklar bosh murabbiyi bo‘lishni istamoqda. Italiyalik 57 yoshli mutaxassis Angliya Premyer-ligasida yana bir bor o‘zini sinab ko‘rishga tayyor.

Avvalroq Antonio «Chelsi» va «Tottenhem» klublarida ishlagan. O‘tgan yozda «Napoli»ni tark etganidan buyon u ishsiz qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi doirasida Madridning «Atletiko» klubiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada Karrikning iste’foga chiqishi haqidagi xabarlar ko‘payib ketdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar