«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines klub rahbariyatini tanqid qilgani uchun jazolanadi. Bu haqda The Athletic nashri «MYU»dagi noma’lum manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, argentinalik futbolchiga jarima solinishi muqarrar. Shuningdek, u mankunianliklarning «Lids»ga qarshi navbatdagi o‘yinida ishtirok etishdan chetlatilishi ham mumkin. Jamoalar 18-oktabr, yakshanba kuni «Elland Roud» stadionida o‘zaro bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, himoyachi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida «Atletiko»dan (0:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z klubini ushbu musobaqa saviyasiga mos kelmaydigan jamoa deb atagan edi.
Shuningdek, u texnik direktordan ko‘proq narsa kutganini ta’kidlab, quyidagilarni aytgan: «Siz murabbiylarni doimiy ravishda almashtirasiz, ammo boshqalar haqida nima deyish mumkin? Murabbiy va futbolchilarni tanqid qilish oson, lekin boshqa mas’ullarga ham e’tibor qaratish kerak».
«MYU» klub rahbariyatini tanqid qilgan Lisandroni jazolaydi
Futbol
14 oktabr, 13:05
11
Argentinalik himoyachi jarimaga tortiladi va keyingi o‘yindan chetlatilishi ham mumkin.
Foto: Getty Images
13.10.2026
FT
Chempionlar ligasi
Atletico Madrid
2
:
0
Manchester Yunayted
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi