«Real» hujumchisi Vinisius Junior La Liga doirasida 4 o‘yinga chetlatildi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) intizom qo‘mitasi tomonidan uzoq muddatli diskvalifikatsiyaning sabablari ma’lum qilindi. Intizom organining qaroriga ko‘ra, futbolchining jazosi ikki alohida holat bo‘yicha belgilangan:
— 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya futbolchiga to‘p uchun kurashdan tashqari holatda «zo‘ravonlik harakatlari» sodir etgani uchun 130.2-modda asosida berilgan. Gap braziliyalik futbolchining «Vilyarreal» yarimhimoyachisi Neytan Salibaning sochidan ushlab olgan epizodi haqida ketmoqda.
— Yana 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya esa qizil kartochka ko‘rsatilganidan keyin bosh hakamlar brigadasiga nisbatan tajovuzkor e’tirozlar bildirgani va haqoratomuz gaplar aytgani uchun 127-modda asosida tayinlangan.
Shunday qilib, Vinisius Ispaniya La Ligasida «Sevilya», «Barselona», «Rasing» va «Valensiya» jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushmaydi.
Vinisius 4 o‘yinga chetlatildi
Futbol
14 oktabr, 14:13
15
«Real» hujumchisi «Barsa» va yana 3 jamoaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi