«Real» klubi «Tottenhem» himoyachisi Pedro Porrога qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» ispaniyalik 27 yoshli futbolchining o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Madridliklar tarkibning o‘ng qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida Porrоni ehtimoliy transfer nomzodlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq «Barselona» ham Porrоga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘z navbatida, futbolchi ham faoliyatini La Ligada davom ettirishga qarshi emas.
Pedroning London klubi bilan tuzgan kelishuvi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.
Shu o‘rinda aytish kerakki, «Real» klubi yarim himoyachisi Tiago Pitarch qishki transfer oynasida boshqa jamoaga ijaraga ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.