Bugun
40
O'zbek

Mourinio Vinisiusni asosiy tarkibga qaytarmoqchi

Futbol
13 oktabr, 22:45
«Real» vingeri Chempionlar Ligasi doirasidagi «Roma»ga qarshi bahsni dastlabki tarkibda boshlashi mumkin.
Mourinio Vinisiusni asosiy tarkibga qaytarmoqchi
Foto: Getty Images
14.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Roma Roma - : - Real Madrid Real Madrid

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior Chempionlar Ligasi doirasida «Roma»ga qarshi kechadigan navbatdagi bahsda asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

26 yoshli braziliyalik futbolchi La Liganing so‘nggi turida «Vilyarreal»ga qarshi bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan. U ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushgan, biroq ko‘p o‘tmay qizil kartochka olib, chetlatilgan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Vinisiusni «Roma»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga kiritishni rejalashtirmoqda. U yakshanba kungi bahsda «Vilyarreal» darvozasiga g‘alaba golini urgan Yan Diomande o‘rnini egallashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Vinisius La Ligadagi chetlatish sababli Ispaniya chempionatining navbatdagi ikki yoki uchta bahsini o‘tkazib yuborishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» va «Roma» o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi bahsi 14-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Real Madrid Real Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar