Bugun
61
O'zbek

«Barselona» 102 yillik rekordini takrorladi

Futbol
13 oktabr, 23:00
    9
Flik shogirdlari mavsumni barcha musobaqalarda ketma-ket 10 ta g‘alaba bilan boshladi.
«Barselona» 102 yillik rekordini takrorladi
Foto: Getty Images
13.10.2026 FT Chempionlar ligasi Galatasaray Galatasaray 1 : 4 Barselona Barselona

«Barselona» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida safarda «Galatasaroy»ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Bu natija kataloniyaliklar uchun tarixiy rekord qayd etish imkonini berdi.

Jurnalist MisterChip ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» 102 yil ichida ilk bor mavsumni barcha musobaqalarda ketma-ket 10 ta g‘alaba bilan boshladi. Istanbuldagi bahsda Xans-Diter Flik jamoasiga Joau Kanselu, Fermin Lopes, Entoni Gordon va Karim Adeyemining gollari g‘alaba keltirdi.

Ma’lumot uchun, «Barselona» La Ligada sakkiz turdan keyin 24 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar navbatdagi bahsni 17-oktyabr kuni safarda «Betis»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar