Bugun
61
O'zbek

Olise faoliyatida ilk bor qizil kartochka oldi

Futbol
14 oktabr, 00:00
«Bavariya» vingeri Chempionlar Ligasi doirasidagi «Viking»ga qarshi bahsda maydondan chetlatildi.
Olise faoliyatida ilk bor qizil kartochka oldi
Foto: Getty Images
13.10.2026 FT Chempionlar ligasi Viking Viking 3 : 3 Bavariya Bavariya

«Bavariya» vingeri Maykl Olise Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi doirasida «Viking»ga qarshi kechgan bahsni muddatidan oldin yakunladi. Fransiyalik futbolchi 73-daqiqada bir epizodning o‘zida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

WhoScored ma’lumotiga ko‘ra, bu 24 yoshli futbolchining professional faoliyatidagi ilk chetlatish bo‘ldi. Olise bundan avvalgi qizil kartochkasini 2019-yil boshida Angliyaning «Riding» klubi yoshlar jamoasida to‘p tepgan vaqtida olgan.

Eslatib o‘tamiz, Olise chetlatilganidan so‘ng bir kishi kam bo‘lib qolgan «Bavariya» g‘alabani saqlab qola olmadi. Norvegiya jamoasi 90-daqiqada hisobni tenglashtirib, 3:3 hisobidagi durangni qayd etdi. Bahs davomida «Viking» 2:0 hisobida ham oldinda borayotgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Viking Viking
  • Bavariya Bavariya
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar