«Milan» himoyachisi Matteo Gabbiya chap son mushagi jarohati va payning qisman shikastlanishi sabab uzoq muddatga safdan chiqdi. Tibbiy tekshiruvlar futbolchining jarohatini tasdiqlagan. Bu haqda derbyderbyderby.it xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining tiklanishi uchun ikki xil yo‘l ko‘rib chiqilmoqda. Birinchisi — dam olish va reabilitatsiyani o‘z ichiga olgan konservativ davolash usuli. Bu holatda tiklanish muddati qisqaroq bo‘lishi mumkin, ammo natija bo‘yicha kafolat kamroq. Ikkinchi variant esa jarrohlik amaliyoti bo‘lib, u jiddiyroq tibbiy aralashuvni talab qiladi.
Gabbiya ijtimoiy tarmoqlarda ham murojaat e’lon qilib, oilasi, do‘stlari va jamoadoshlariga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. U imkon qadar tezroq «San-Siro» maydoniga qaytishga va’da berdi.
Ma’lumot uchun, ushbu jarohat «Milan» himoya chizig‘idagi muammolarni yanada kuchaytirishi mumkin.