«Real» rahbariyati Ispaniya chempionati 12-turining yakuniy taqvimi e’lon qilinganidan keyin norozilik bildirdi. Diario AS xabariga ko‘ra, madridliklar 7-noyabr, shanba kuni «Valensiya»ga qarshi safarda o‘ynashi, Chempionlar Ligasining qolgan to‘rt ishtirokchisi esa o‘z bahslarini bir kun keyin o‘tkazishidan norozi.
Bunga sabab — «Real» 4-noyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida Gretsiyaning AEK klubiga qarshi safar bahsida maydonga tushadi. Shu bois jamoada navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun faqat bir to‘liq kun — juma, shuningdek, ehtimol payshanba oqshomi qoladi.
Ma’lumot uchun, «Real» La Liga turnir jadvalida sakkiz turdan keyin 18 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar 18-oktyabr kuni o‘z maydonida «Sevilya»ni qabul qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi