«Real» barcha musobaqalardagi ketma-ket g‘alabalari sonini sakkiztaga yetkazdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Madrid klubi 2022 yildan buyon ilk bor shunday natija qayd etmoqda.
«Real» 7 noyabr kuni La Liganing 12-turi doirasida safarda «Valensiya»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba jamoaning seriyasini sakkizta bahsga yetkazdi.
Ma’lumot uchun, «Real» so‘nggi bor 2022 yilda ketma-ket sakkizta g‘alabali seriyani qayd etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» «Valensiya» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin ham La Liga chempionligi uchun kurashni davom ettirmoqda.