Ispaniya chempionatining 12-turida «Osasuna» o‘z maydonida «Atletik» bilan bellashdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Har ikki gol ham ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida kiritildi.
Dastlab Niko Uilyams 85-daqiqada hisobni ochdi. 90+1-daqiqada Alejandro Katena basklar klubi darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu natijadan so‘ng Pamplona klubi ochkolari sonini 12 ochkoga yetkazib, 16-o‘rinda bormoqda. «Atletik» esa 16 ochko to‘plab, 7-pog‘onada.
La Liga. 12-tur
Osasuna – Atletik 1:1
Gollar: Katena 90 – Niko Uilyams 84
Osasuna – Aytor Fernandes, Valenten, Boyomo, Katena, Bretones, Monkayola (Dubasin, 68), Gomes, Torro, Moro (Osambela, 68), Ruben Garsiya, Budimir (Raul Garsiya, 80)
Atletik – Simon, Rinkon, Vivian, Laport, Bertsiche, Gerenabarrena (Sanset, 65), Navarro (Ruis, 65), Uilyams, Kanales (Prados, 86), Berenger (Yeray, 90), Inyaki Uilyams).