Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Joze Mourinio qo‘l ostida har bir bahsda avvalgi murabbiy Xabi Alonso davridagidan o‘rtacha 12 daqiqa kam maydonga tushmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, braziliyalik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda jami 801 daqiqa o‘ynagan. O‘tgan mavsumning ayni davrida esa uning maydondagi vaqti 1284 daqiqani tashkil etgan.
Avvalroq «Real» rahbariyati Vinisiusga avvalgi sport formasini tiklashi uchun bir oy muhlat bergani, aks holda futbolchi zaxira o‘rindig‘ida qolib ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Vinisius ushbu mavsum «Real» safida barcha musobaqalarda 12 ta bahsda qatnashib, bitta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik vinger 2018-yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi