«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen yaqinda «Shtutgart»ga qarshi Chempionlar ligasi doirasidagi bahsda olgan tizza jarohati tufayli jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Istanbul klubi rasmiy sayti xabar berdi.
«Futbolchining holati har kuni baholab boriladi, davolanish jarayoni esa klub tibbiy shtabi nazorati ostida davom etadi. Viktor Osimxenga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz va uning imkon qadar tezroq safga qaytishiga umid qilamiz», — deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, Osimxen ushbu mavsum barcha musobaqalarda 11 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, nigeriyalik hujumchi «Galatasaroy»ning hujum chizig‘idagi asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi.