Live
57
O'zbek

Islom Ahmedov: «Muxlislarimizdan uzr so‘raymiz»

Eksklyuziv
7 noyabr, 09:53
Ahmadov matbuot anjumanida qatnashdi.
Islom Ahmedov: «Muxlislarimizdan uzr so‘raymiz»
Фото: Андижон ПФК

Superliganing 27-turidan o‘rin olgan «Andijon» va «Lokomotiv» (1:3) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ahmedov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugungi o‘yin bo‘yicha muxlislarimizdan uzr so‘raymiz. Oxirgi paytlarda natijalarimiz bilan ularni oldida juda uyalib qoldik. O‘yinni yaxshi boshladik, hujumlar ham qildik. Futbolchilar qo‘llaridan kelganicha harakat qilishyapti. Ularni o‘ynamayapti, deya olmaymiz. Qayerdadir omad yetishmayapti, gollar ura olmayapmiz. Murabbiylar tomonidan barcha narsa qilinyapti, kamchiliklar ustida ham ishlayapmiz. Maydonda shu narsani futbolchilar ko‘rsatib berishlari kerak. Agar hujum qilmasdan, o‘yin tomondan yutqazganimizda bu boshqa gap edi. Ikkita standartdan gol o‘tkazib yubordik. Muvozanatni yo‘qotdik. «Lokomotiv»ning individual futbolchilari hisobiga ular ko‘proq xavf solishdi. Jamoaviy harakatlarimiz yomon chiqmadi. Hujumlarni yakunlovchi nuqtani qo‘yadigan o‘yinchilar topilmadi.

- Murabbiy sifatida bugungi o‘yindan qanchalik xatoingiz bor deb hisoblaysiz? Taktikadami yoki boshqa narsadami?

- Aynan qaysi holatda xato ko‘rdingiz?

- Mag‘lubiyatga uchraldimi, bunda murabbiyni ham aybi bor…

- Albatta, natija uchun murabbiy javobgar. Qayerdadir yetarlicha tayyorlay olmagandirmiz. O‘yinni ko‘rib chiqib, tahlil qilamiz. Baribir bizda yo‘qotishlar bor. Ikkita markaziy himoyachimiz yo‘qligidan Andronikashvilini qo‘ydik. Iloji yo‘qligidan uni o‘ynatdik. Qayerdadir o‘yinchini ushlashda, himoyalanishda, standartlarda xatoga yo‘l qo‘ydi.

- Andronikashvilini o‘rniga Ismonaliyevni qo‘yib, Ismonaliyevni o‘rniga esa G‘ulomovni tushirib, Andronikashvilini o‘z joyiga olib chiqsa bo‘lmasmidi?

- Mashg‘ulotlarda hamma variantlar ustida ishlaganmiz. Usmonalini ham tekshirganmiz. O‘zi bilan gaplashganimizda bu joy noqulay bo‘layotganini his qildi. Sandro esa oldingi jamoasida shu pozitsiyada o‘ynagan paytlari bo‘lgan va shu bois uni orqaga qo‘ydik. Usmonali o‘ng qanotdan ko‘p hujumga qo‘shildi, jonini berib harakat qildi. Agar Ismonaliyevni o‘rtaga qo‘yganimizda bunday bo‘lmasligi mumkin edi. Xatolarni albatta ko‘rib chiqamiz.

- Birinchi bo‘limda jamoa hujum qilayotgan vaziyatda to‘p raqib o‘yinchisini qo‘liga tegdi, ammo penalti berilmadi. Bunga qanday izoh berasiz?

- Baribir biz hech nimani o‘zgartira olmaymiz. Ularni tekshiradigan qo‘mitasi bor. Biz aytganimiz bilan baribir hech qanaqasiga haq bo‘lib chiqmayapmiz. Shuning uchun o‘zlariga qo‘yib beramiz.

- Samvel Babayandan keyin bosh murabbiy lavozimiga kelganingizdan keyin ketma-ket g‘alabalar bo‘ldi. O‘rtadagi tanaffusdan so‘ng klubda qandaydir pastga sho‘ng‘ish boshlandi. Ikkala davrni solishtirganda nima farqi bor?

- Yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Birinchi davradan keyin yanada hujumkorlikni, raqobatni kuchaytiradigan o‘yinchilarni ololmadik, ochig‘i. Shu narsa ham o‘yinchilarga xotirjamlik berdi, deb o‘ylayman.

- Shohmalik Komilovni o‘yinga kirishib keta olmayapti, deb aytgansiz. Hozirgacha jamoaga kirishib keta olmadimi?

- Shohmalik ko‘p harakat qiladi. Jamoaga foydali holati biroz kamroq. Vaqtida pas berish kabi jihatlarda biroz oqsayapti.

- Murabbiylar shtabi bilan hozirgi holatdan qanday chiqib keta olasizlar?

- Kamchiliklar ustida yana ishlaymiz. Bu bo‘yicha futbolchilar bilan yana gaplashamiz. Barchamiz birgalikda bundan chiqib ketamiz. Orqaga yo‘l yo‘q.

- O‘zbekiston Kubogi yarimfinali bo‘ladigan stadionning maydoni haqida «Lokomotiv» murabbiyi yaxshi emas dedi. O‘yinni OKMK stadionida o‘tkazilishiga siz qanday qaraysiz?

- Iloji boricha tekis, yaxshiroq maydon bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Chunki biz ham to‘pni nazorat qilib, pas bilan o‘ynaymiz», - deya Islom G‘ulomovichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar