O‘zbekiston Superligasining 27-turida «Navbahor» safarda «Qizilqum» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdagi yagona gol 39-daqiqada kiritildi. Diyor Xolmatov Muhammadali G‘iyosov uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu natijadan so‘ng «Navbahor» ochkolarini 55 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘rindagi mavqeini mustahkamladi. «Qizilqum» esa 35 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.
Superliga. 27-tur
Qizilqum — Navbahor 0:1
Gol: Xolmatov 39
Ogohlantirishlar: Abdug‘afforov 58, Jgerenaya 68.
Qizilqum: Rahmatov, Vahobov, Jumanqo‘ziyev, Rahmatullayev (Rahmonov, 83), Turopov, Kumburovich, Shukurillayev, Nematxonov, Rizaqulov (Kenjaboyev, 55), Maykon (Abdug‘afforov, 55), Jo‘raqo‘ziyev.
Navbahor: O‘tkir Yusupov, Mamatkazin, Komilov (Adhamzoda, 74), Jiyanov (Ilich, 74), Xolmatov, Norchayev (Kojo, 74), G‘iyosov (Usmonov, 84), Rahmonov (Teydi, 88), Jaloliddinov, Jgerenaya, Hamraliyev.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi